«kredit mablag‘lari» tegli maqolalar


Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
26 yanvar 2023, 11:27

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

To‘rtta holatda 7 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
21 noyabr 2022, 16:26

To‘rtta holatda 7 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 4 ta holatda jami 7,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi. Kreditlarning asosiy qismi chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun olingan. Hozirda gumondorlarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda
16 noyabr 2022, 11:29

Qashqadaryoda hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Dehqonobod tumani hokimi yordamchisi tadbirkorlar bilan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hokim yordamchisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkentda 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda
4 noyabr 2022, 13:20

Toshkentda 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda

Sergeli tumanida bir guruh shaxslar korxona faoliyatini kengaytirishda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda korxona rahbarlari 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 13:16

Jizzaxda korxona rahbarlari 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Jizzax shahrida tadbirkor mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘mni boshqa maqsadlarda sarflab yuborgani aytilmoqda. Boshqa bir korxona rahbari esa 1,4 mlrd so‘m maqsadli kreditni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Samarqand va Toshkentda qariyb 2,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi
11 oktabr 2022, 11:22

Samarqand va Toshkentda qariyb 2,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

Samarqand viloyatida jami 1,9 mlrd so‘m, Toshkent shahrida esa 400 mln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar — bank xodimlari va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fuqaro va bank xodimi 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
16 may 2022, 17:29

Fuqaro va bank xodimi 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Qibray tumanida fuqaro «Mikrokreditbank» Toshkent viloyati filiali kredit bo‘limi boshlig‘i bilan 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, Surxondaryoning Uzun va Denov tumanlarida ham fuqarolar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-taroj qilgani atilmoqda.

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratadi
23 fevral 2022, 10:58

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratadi

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar Surxondaryodagi Darband — Denov yo‘lining 106 kmni yangilash, SARES-2 koridoriga kiruvchi G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu yo‘lining 87 kmni rekonstruksiya qilishga sarflanadi. Qolaversa, bank tadbirkor ayollar uchun 150 ming dollarlik grant ham beradi.

Xonadonlarda baliq yetishtiruvchilarga 81 mln so‘mgacha kredit ajratiladi
14 yanvar 2022, 11:19

Xonadonlarda baliq yetishtiruvchilarga 81 mln so‘mgacha kredit ajratiladi

Baliq yetishtirish bo‘yicha Jizzax tajribasi har bir viloyatda joriy etiladi. 1 fevraldan xonadonida baliq yetishtiruvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi, ularga ajratiladigan kredit BHMning 300 baravari — 81 mln so‘mgacha oshiriladi. Qolaversa, ularning yer hamda mol-mulk solig‘i 50 foizga qisqartiriladi. Shu asosda 2022 yilda butun respublika bo‘yicha 700 ming tonna baliq yetishtirish maqsad qilingan.

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi
10 dekabr 2021, 17:04

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish va ular uchun qulay muhitni yaratish maqsadida 100 mln dollar kredit ajratadi. Bunda kredit OTB maxsus dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘ so‘mda taqdim etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting